2026 yilda dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan bayramlar boshqa kunga ko‘chiriladimi?
2026 yilda 21-mart – Navro‘z bayrami hamda Ramazon hayiti bir kunga, shuningdek, 8-mart ham yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

2026 yilda ayrim bayramlar dam olish kunlariga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan xodimlar uchun dam olish kunlarini ko‘chirish tartibi belgilandi. Amaldagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, bayram dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, u keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
21-mart — Navro‘z bayrami haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun shanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, agar Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanib 30 kun davom etsa, Ramazon hayiti ham 21-martga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu holatda 21-mart shanba kuni 23-mart — dushanbaga ko‘chiriladi.
Shunda, haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun:
— 21-mart – bayramlar;
— 22-mart – yakshanba;
— 23-mart – dushanba, ko‘chirilgan dam olish kuni, ya’ni 3 kun dam olish.
Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun:
— 21-mart – bayramlar;
— 22-mart – yakshanba, ya’ni 2 kun dam olish.
Shuningdek, 2026 yilda 8-mart — Xotin-qizlar kuni yakshanbaga to‘g‘ri keladi. Bu holatda ham dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
5 kun ishlaydiganlar uchun:
— 7-mart — shanba dam olish;
— 8-mart — bayram;
— 9-mart — ko‘chirilgan dam kuni bo‘lib, jami 3 kunlik dam olish.
6 kunlik ish haftasidagi xodimlar esa:
— 8-mart — bayram;
— 9-mart — ko‘chirilgan dam olish kuni hisobida 2 kun dam oladi.
«Bunday bayramlarda 5 kun kun dam olishga o‘rganib qolganlarga 2-3 kunlik dam olish yoqmay turibdi, lekin amaldagi qonunchilik bo‘yicha shunday, agar unga qadar yana qonunchilikda o‘zgarish bo‘lib qolsa xabar beramiz», — deydi mutaxassislar.





