
2026 yilda davlat tashkilotlariga byudjetdan qancha mablag‘ ajratilishi mumkin?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026 yil uchun byudjetnoma va davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining «2026 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi va Byudjetnomani e’lon qildi. Qonun loyihasida 2026-yil uchun prognozlar va 2027–2028 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro muvofiqlikda ishlab chiqilgan.
Hujjatda kelasi yil uchun mamlakat byudjetidan birinchi darajali budjet taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari ham belgilangan.
2026 yilda Davlat byudjeti xarajatlari 2025 yil uchun kutilayotgan ijroga nisbatan 3,5 foiz ko‘p yoki 402,4 trln so‘m miqdorida prognoz qilingan. Shuningdek, YAIM o‘sishi 6,6 foiz bo‘lishi, inflatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Byujetdan eng ko‘p xarajatlar ijtimoiy sohaga, 220 tlrn so‘m yo‘naltirilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida jami Davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 54,7 foizini tashkil etadi.
Davlat byudjeti mablag‘larining davlat tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti:
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 63,69 trln so‘m (2025 yil 59,46 trln);
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,36 trln so‘m (2025 yil 6,6 trln);
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi — 6,80 trln so‘m (2025 yil 5,1 trln);
4. Madaniyat vazirligi — 1,28 trln so‘m (2025 yil 1,172 trln);
5. Sport vazirligi — 1,22 trln so‘m (2025 yil 1,172 trln);
6. Qurilish vazirligi — 2,23 trln so‘m (2025 yil 1,992 trln);
7. Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 2,27 trln so‘m (2025 yil 1,794 trln);
8. Suv xo‘jaligi vazirligi — 10,36 trln so‘m (2025 yil 10,4 trln);
9. Energetika vazirligi — 110 mlrd so‘m (2025 yil 123mlrd);
10. Transport vazirligi — 7,30 trln so‘m (2025 yil 6,7 trln);
11. Ekologiya vazirligi — 1,10 trln so‘m (2025 yil 927 mlrd);
12. Geologiya vazirligi — 838 mlrd so‘m (2025 yil 1 trln);
13. Raqobat qo‘mitasi — 13,54 mlrd so‘m (2025 yil 12,6 mlrd);
14. Davaktiv agentligi — 13,12 mlrd so‘m (2025 yil 12.1 mlrd);
15. Bandlik vazirligi — 582,8 mlrd so‘m (2025 yil 733 mlrd);
16. Milliy statistika qo‘mitasi — 346,4 mlrd so‘m (2025 yil 238,8 mlrd);
17. Tashqi ishlar vazirligi — 1,117 trln so‘m (2025 yil 1 trln);
18. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1,62 trln so‘m (2025 yil 1,116 trln);
19. Raqamli texnologiyalar vazirligi — 528 mlrd so‘m (2025 yil 532 mlrd);
20. Adliya vazirligi — 350 mlrd so‘m (2025 yil 322 mlrd);
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 105,9 trln so‘m (2025 yil 95,5 trln);
22. Soliq qo‘mitasi — 176,7 mlrd so‘m (2025 yil 169,4 mlrd);
23. Vazirlar Mahkamasi — 2,59 trln so‘m (2025 yil 2,184 trln);
24. Prezident administratsiyasi — 3,05 trln so‘m (2025 yil 1,673 trln);
25. Senat — 128,18 mlrd so‘m (2025 yil 127 mlrd);
26. Qonunchilik palatasi — 229,3 mlrd so‘m (2025 yil 178,9 mlrd);
27. Ombudsman — 24,56 mlrd so‘m (2025 yil 18,6 mlrd);
28. Bosh prokuratura — 3,008 trln so‘m (2025 yil 2,732 trln);
29. Oliy sud — 1,99 trln so‘m (2025 yil 1,804 trln);
30. Konstitutsiyaviy sud — 13,19 mlrd so‘m (2025 yil 12,9 mlrd);
31. Sudyalar oliy kengashi — 58,7 mlrd so‘m (2025 yil 53,7 mlrd);
32. Markaziy saylov komissiyasi — 31,98 mlrd so‘m (2025 yil 29,4 mlrd);
33. MTRK — 887,6 mlrd so‘m (2025 yil 881,4 mlrd);
34. O‘zA — 44 mlrd so‘m (2025 yil 40,7 mlrd);
35. Federatsiyasi va ma’rifat markazi — 78,25 mlrd so‘m (2025 yil 75,4 mlrd);
36. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 17,45 mlrd so‘m (2025 yil 16,1 mlrd);
37. Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 400 mlrd so‘m (2025 yil 350 mlrd);
38. Fanlar akademiyasi — 534,36 mlrd so‘m (2025 yil 446,8 mlrd);
39. Badiiy akademiya — 249,8 mlrd so‘m (2025 yil 160,4 mlrd);
40. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi — 35,69 mlrd so‘m (2025 yil 33,2 mlrd);
41. Hisob palatasi — 136,99 mlrd so‘m (2025 yil 116 mlrd);
42. Boshqaruv samaradorligi agentligi — 93,18 mlrd so‘m (2025 yil 53,7 mlrd);
43. Strategik islohotlar agentligi — 27,12 mlrd so‘m (2025 yil 20,3 mlrd);
44. Bolalar ombudsmani — 3,57 mlrd so‘m (2025 yil 3,5 mlrd);
45. Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi — 910 mln so‘m (2025 yil 910 mlrd);
46. Din ishlari qo‘mitasi — 172,65 mlrd so‘m (2025 yil 163,7 mlrd);
47. Madaniy meros agentligi — 251,36 mlrd so‘m (2025 yil 177,3 mlrd);
48. Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 22,42 trln so‘m (2025 yil 21,139 trln);
49. Yoshlar ishlari agentligi — 507,66 mlrd so‘m (2025 yil 456 mlrd);
50. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 166,69 mlrd so‘m (2025 yil 107,7 mlrd);
51. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 64,34 mlrd so‘m (2025 yil 95,7 mlrd);
52. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 57,22 mlrd so‘m (2025 yil 28,5 mlrd);
53. Atom energiyasi agentligi — 46,38 mlrd so‘m (2025 yil 43,64 mlrd);
54. Energetika bozori agentligi — 3,03 mlrd so‘m (2025 yil 3,14 mlrd);
55. O‘zenergoinspeksiya — 28,92 mlrd so‘m (2025 yil 28,1 mlrd);
56. Agroinspeksiya — 8,72 mlrd so‘m (2025 yil 28,1 mlrd 9,26 mlrd);
57. Boshqa tashkilotlar — 74,12 trln so‘m (2025 yil 49,989 trln);
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan Fuqarolar uchun byudjetning 2026 yilgi loyihasiga ko‘ra, kelgusi yil davlat byudjetidan eng ko‘p mablag‘ ta’lim va sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilishi haqida xabar berilgan edi.





