add

AQSH 1 mln dollarga «Oltin karta» dasturini ochdi

Bugun 11:033832 daqiqa

Amerikaga 1 mln dollar investitsiya qilgan xorijliklarga tezlashtirilgan Green Card beruvchi «Oltin karta» tanqidlarga ham sabab bo‘lmoqda.

AQSH 1 mln dollarga «Oltin karta» dasturini ochdi

AQSH hukumati mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha sarmoya jalb qilish maqsadida «Trampning oltin kartasi» deb nomlangan yangi immigratsiya dasturini rasman yo‘lga qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, AQSHga 1 million dollar miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar tezlashtirilgan tartibda Green Card olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur shunday tarzda ishlab chiqilganki, u uzoq muddatli yashash huquqini va keyinchalik fuqarolikka murojaat qilish yo‘lini ancha osonlashtiradi.

Qaror matnida ko‘rsatilishicha, dasturga ariza topshirish to‘lovi 15 ming dollar etib belgilagan. Bu to‘lov ariza rad etilgan taqdirda ham qaytarilmaydi va bu holat ayrim ekspertlar tomonidan «adolatsiz va xavfli pretsedent» sifatida baholanmoqda. Investitsiya va ariza to‘lovidan tushgan mablag‘lar AQSH G‘aznachiligiga yo‘naltirilib, strategik tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashda qo‘llanilishi kutilmoqda.

Dasturning yana bir muhimi — uning bekor qilinishi shartlari. Agar arizachiga oid xavfsizlik muammosi yoki jiddiy huquqbuzarlik aniqlansa, «Oltin karta» AQSH hukumati tomonidan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin. Bu esa kelgusida huquqiy tortishuvlar avj olish ehtimolini oshiradi.

Qiziq jihati shundaki, dastur ilk bor e’lon qilinganida investitsiya miqdori 5 mln dollar bo‘lishi aytilgan edi. Ammo arizalar soni kamligi va jamoatchilik tanqidi tufayli bu summa 1 mln dollarga tushirildi. Ekspertlar bunni «ilk modelning amal qilmaganini tan olish» sifatida talqin qilmoqda.

Tanqidchilarga ko‘ra, «Oltin karta» amalda AQSH immigratsiya tizimini pulga bog‘lab qo‘yadi va moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lganlarni boshqalardan ustun qo‘yadi. Biroq hukumat bu dasturni iqtisodiy o‘sishni tezlashtiruvchi mexanizm sifatida ko‘rmoqda.

AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 19-sentabrda tegishli farmonni imzolab, dasturni ishga tushirishni Boshqaruv tarkibiga topshirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid