add

AQSHdagi shatdaun NATO va Ukraina uchun qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

Bugun 20:263741

25 kunlik shatdaun tufayli AQSH qurol eksportlarini muzlatdi. 5 mlrd dollarlik yetkazib berish operatsiyalari ortga surildi.

AQSHdagi shatdaun NATO va Ukraina uchun qurol yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSHdagi rekord uzoqqa cho‘zilgan shatdaun NATO ittifoqchilari va Ukrainaga yo‘naltirilgan qurol yetkazib berish jarayonlarini to‘xtatib qo‘ydi. Axios nashrining yozishicha, umumiy qiymati 5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan qurollar eksporti muzlatilgan. Ular orasida HIMARS, AMRAAM raketalari va Aegis tizimlari bor.

AQSH davlat departamenti rasmiylarining ta’kidlashicha, ushbu to‘xtatish nafaqat ittifoqchilar, balki Amerika mudofaa sanoati uchun ham jiddiy zarba bo‘ldi. Chunki ushbu qurollarning katta qismi eksport uchun ishlab chiqariladi.

Muammo Kongressdagi budjet kelishmovchiliklari ortidan kelib chiqdi. Qonunga ko‘ra, qurol eksportiga oid har qanday kelishuv Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak. Lekin davlat departamentining tegishli xodimlari majburiy ta’tilga chiqarildi va jarayon to‘xtab qoldi.

To‘xtatilgan eksportlar qatorida AQSH hukumatining NATO ittifoqchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol sotishi va xususiy mudofaa kompaniyalarining litsenziyalash jarayonlari ham bor. Ayrim qurollar NATO orqali Ukrainaga uzatiladi.

Teglar

Mavzuga oid

AQSHdagi shatdaun NATO va Ukraina uchun qurol yetkazib berishni to‘xtatdi | Vaqt.uz