Logo

AYQSHlarda tushum 3,3 trln so‘mga yetdi

Kecha 20:301 daqiqa

O‘zbekistonda avtoyo‘qilg‘i quyish shoxobchalari tushumi may oyida 3,3 trillion so‘mdan oshdi. Naqdsiz to‘lovlar ulushi esa 100 foizga yetdi.

AYQSHlarda tushum 3,3 trln so‘mga yetdi

2026-yil may oyida O‘zbekistondagi avtoyo‘qilg‘i quyish shoxobchalari (AYQSH) orqali amalga oshirilgan savdo tushumi 3 trillion 326,6 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Taqqoslash uchun, 2025-yil may oyida mazkur ko‘rsatkich 2 trillion 932,6 milliard so‘m bo‘lgan. Shu tariqa, bir yil ichida tushum hajmi 393,9 milliard so‘mga yoki 13,4 foizga oshgan.

2024-yil may oyida esa AYQSHlar orqali qayd etilgan umumiy savdo tushumi 2 trillion 175,8 milliard so‘mni tashkil etgan.

Naqdsiz to‘lovlar ulushi oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil may oyida avtoyo‘qilg‘i quyish shoxobchalaridagi naqdsiz to‘lovlar ulushi 34 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 36 foizga yetgan.

2026-yil may oyida esa barcha hisob-kitoblar naqdsiz shaklda qayd etilgan va ushbu ko‘rsatkich 100 foizni tashkil etgan.

Markaziy bank qayd etishicha, tushumning o‘sishi nafaqat savdo faolligining oshishi, balki hisob-kitoblarning yagona raqamli ma’lumotlar tizimida yanada to‘liq aks eta boshlagani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

AYQSHlarda tushum 3,3 trln so‘mga yetdi | Vaqt.uz