add

BRB: «Surxondaryodagi firibgarlik holati bank faoliyatiga daxldor emas»

Bugun 14:181691 daqiqa

«Biznesni rivojlantirish banki» sobiq xodimi bilan bog‘liq korrupsion holatga rasmiy izoh berdi.

BRB: «Surxondaryodagi firibgarlik holati bank faoliyatiga daxldor emas»

«Biznesni rivojlantirish banki» (BRB) Surxondaryo viloyatidagi korrupsiya bilan bog‘liq holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Avvalroq, bankning hududiy boshqarmada faoliyat yuritgan bir xodimi pora bilan ushlangani haqida ma’lumot tarqalgandi.

Bankning tushuntirishicha, mazkur shaxs kredit ajratish jarayonlariga daxldor lavozimda ishlamagan va holat to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank faoliyati bilan bog‘liq emas.

«Ushbu xodim oldin bir nechta tashkilotlarda, jumladan, «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasida kredit ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimda qisqa muddat faoliyat yuritgani va jinoiy ish qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan holat bankimiz faoliyati bilan bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi», — deyiladi bank xabarida.

Shuningdek, bank o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga intilayotganini, bu yo‘nalishda jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik kengaytirilayotganini qo‘shimcha qilgan.

Teglar

Mavzuga oid