add

Buxoroda IIO xodimi oilasi bilan is gazidan vafot etdi

Kecha 19:554841 Daqiqa

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, ularning o‘lim sababi o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyati yetishmovchiligi bilan bog‘liq.

Buxoroda IIO xodimi oilasi bilan is gazidan vafot etdi

Buxoro shahar Hamza ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashagan ichki ishlar organi xodimi, uning ayoli va ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Vaqt.uz'ga ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, kecha, 23-noyabr kuni Buxoro shahar Hamza ko‘chasi 15-uydagi xondaonlarning birida yashagan oila – 1982 yilda tug‘ilgan erkak, uning 1985 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (qizlar) vafot etgan.

Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlar noma’lum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

18-noyabr kuni Andijon viloyatida ham Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan xodim va uning 1 nafar qizi o‘z xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Buxoroda IIO xodimi oilasi bilan is gazidan vafot etdi | Vaqt.uz