Logo

Buxorodagi turizm markazi bitsa, mahalliy budjetga tushadigan yillik tushum qancha bo‘lishi aytildi

Bugun 17:133 daqiqa

Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 mln dollar investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Hududda 70 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi barpo etiladi. Buxorodagi qiymati 136 mln dollardan ortiq obyektlar xalqaro tadbirlarni o‘tkazish va turistik xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatini kengaytiradi.

Buxorodagi turizm markazi bitsa, mahalliy budjetga tushadigan yillik tushum qancha bo‘lishi aytildi © Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida qurilayotgan yangi turizm markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy budjetga yillik tushum 288 mlrd so‘mni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Majmua 50 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyihaga jami 105 mln dollar investitsiya yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, hududda qabullar uyi, ko‘rgazmalar zali, muzey, ikkita zamonaviy mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming o‘rinli amfiteatr, 70 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi barpo etiladi. Shuningdek, sayilgohlar, hunarmandchilik markazlari va sun’iy ko‘l tashkil etiladi. Inshootlar qiyofasida Buxoro me’morchiligiga xos an’analarni zamonaviy yechimlar bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan.

Hozir markazning 10 gektar maydonida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga 50 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan. Majmua to‘liq ishga tushgach, 2 mingta ish o‘rni yaratilishi, Buxoroga qo‘shimcha 2 milliondan ortiq sayyoh jalb etilishi kutilmoqda.

Prezident Buxoroda qiymati 136 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar qurilishini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Kongress-xoll majmuasi va zamonaviy mehmonxonalar qurilishini ham ko‘zdan kechirdi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni izchil o‘smoqda. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan qariyb olti barobar, turizm xizmatlari eksporti esa o‘n bir karra oshgan. Shu bilan birga, mamlakatda yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazish uchun zamonaviy infratuzilmaga talab ortib bormoqda.

Majmua shaharning ana shunday tadbirlarga mezbonlik qilish imkoniyatini kengaytiradi. Kongress-xoll forumlar, oliy darajadagi uchrashuvlar va boshqa yirik anjumanlarni o‘tkazishga xizmat qiladi. Qiymati 60 mln dollar bo‘lgan loyiha doirasida 14,5 ming kvadrat metr maydonli bino qurilmoqda. Hozirda asosiy betonlashtirish ishlari yakunlanib, tashqi muhandislik tarmoqlarini tortish, fasad va tom qismlarini barpo etish davom etmoqda.

Shu hududda 37 mln dollarlik «Hilton Garden Inn» mehmonxonasi ham qad rostlamoqda. Yetti qavatli, 212 xonali mehmonxonada yer osti avtoturargohi ko‘zda tutilgan. Binoning asosiy konstruksiyalari qurib bitkazilgan, hozir ichki devorlar, muhandislik tarmoqlari va fasad ishlari olib borilmoqda.

Yana bir loyiha — 39,6 mln dollarlik «Holiday Inn» mehmonxonasi. Bu inshoot ham yetti qavatli, 212 xonali bo‘ladi, yonida ikki qavatli biznes markazi ham barpo etilmoqda. Mehmonxonada tom montaji va ichki devorlar qurilishi, biznes markazi yerto‘lasida esa betonlashtirishning yakuniy bosqichi ketmoqda.

Davlat rahbari obyektlardagi ishlar bilan tanishib, ular Buxoroda xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish, turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish uchun muhimligini, bu esa aholi daromadlarini oshirish va hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatda, sifat talablariga qat’iy rioya etgan holda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qo‘shmadrasa ansamblini restavratsiya qilish ishlari qanday ketyapti?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Qo‘shmadrasa ansambliga tashrif buyurdi. Qo‘shmadrasa ansambli 2023–2024-yillarda qiymati 6 milliard so‘mlik loyiha doirasida qisman restavratsiya qilingan. Bugungi kunda mazkur ansamblga 1 million sayyoh tashrif buyurmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Buxorodagi turizm markazi bitsa, mahalliy budjetga tushadigan yillik tushum qancha bo‘lishi aytildi | Vaqt.uz