Logo

«Chinor» metro bekati 29-iyuldan yana ish boshlaydi

Bugun 17:391 daqiqa

Rekonstruksiya tufayli qariyb 50 kun yopiq bo‘lgan «Chinor» metro bekati 29-iyuldan yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

«Chinor» metro bekati 29-iyuldan yana ish boshlaydi

Toshkent metropolitenining rekonstruksiya ishlari uchun vaqtincha yopilgan «Chinor» metro bekati 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bekat rekonstruksiya ishlari sabab 13-iyundan yopilgan edi. Ilgari belgilangan muddatga nisbatan ishlar to‘rt kun avval yakunlanib, metro bekati qayta foydalanishga topshirilmoqda.

Metropoliten ma’lumotiga ko‘ra, rekonstruksiya davomida bekatning kirish va chiqish qismlari to‘liq kengaytirildi hamda yo‘lovchilar harakati uchun qulay sharoitlar yaratildi.

Yangilanish ishlari doirasida bekatdagi turniketlar soni 6 tadan 13 tagacha ko‘paytirildi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun noqulaylik tug‘dirib kelgan o‘tish yo‘laklari qayta loyihalashtirildi. Endi yo‘lovchilar bekatlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘tkazuvchanlik 40 ming nafargacha yetadi


Rekonstruksiyadan avval «Chinor» metro bekati kuniga o‘rtacha 15 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Yangilangan infratuzilma hisobidan endilikda bekatning kunlik o‘tkazuvchanligi 35–40 ming nafargacha yetkazildi.

Teglar

Mavzuga oid