Logo

«Chinor» metro bekati 50 kunga yopiladi

Bugun 15:191 daqiqa

Toshkent metrosining «Chinor» bekati 13-iyundan boshlab rekonstruksiya ishlari sababli vaqtincha faoliyatini to‘xtatadi.

«Chinor» metro bekati 50 kunga yopiladi © transphoto.org

Toshkent metropoliteni «Chilonzor» yo‘nalishida joylashgan «Chinor» metro bekati 13-iyundan boshlab vaqtincha yopilishini ma’lum qildi. Metropoliten matbuot xizmatiga ko‘ra, bekatda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida:

— bekatning kirish va chiqish qismlari kengaytiriladi;

— keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolali oilalar uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida 4 ta katta sig‘imli lift qo‘yiladi;

— yo‘lovchilar oqimini tezlashtirish uchun qo‘shimcha 12 ta turniket ham o‘rnatiladi.

Bekat yopilgan davrda «Chinor» va «Yangihayot» metro bekatlari o‘rtasida bepul metrobuslar qatnovi tashkil etiladi. Maxsus metrobuslar belgilangan jadval asosida harakatlanadi.

«Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar metro infratuzilmasini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan», — deyiladi metropoliten bayonotida.

Teglar

Mavzuga oid