Logo

Davaktiv «Paynet» sotilishiga oid bitim tafsilotlarini ma’lum qildi

Bugun 14:503 daqiqa

To‘lov tizimining 100 foiz ulushi qonunchilikda belgilangan imtiyozli sotib olish huquqi asosida realizatsiya qilingan.

Davaktiv «Paynet» sotilishiga oid bitim tafsilotlarini ma’lum qildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilikka oldindan e’lon qilinmasdan amalga oshirilgan «Paynet» to‘lov tashkilotining xususiylashtirish yuzasidan ilk bor munosabat bildirdi. Bu haqda 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida agentlik direktori Sohibjon Murodov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Vaqt.uz muxbiri.

«Paynet» to‘lov tizimi 2024-yilda korxonaning 100 foiz ulushi «New Industrial Technologies»  kompaniyasiga o‘tgan va keng jamoatchilik bu haqda Statistika agentligining korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlari orqali xabar topgandi.

Agentlik direktori «Paynet» ulushini realizatsiya qilishda qonunchilikda belgilangan mexanizmlardan foydalanilganini ta’kidladi.

Uning tushuntirishicha, «Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, kompaniya ishtirokchilaridan biri o‘z ulushini sotmoqchi bo‘lsa, qonunchilikka muvofiq, boshqa ishtirokchilar yoki jamiyatning o‘zi ushbu ulushni imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. «Paynet»dagi ulushni realizatsiya qilishda ham shu tartib qo‘llangan.

«U qonun bilan belgilangan ustuvorlik huquqi bo‘lgan. Shu huquqdan foydalangan holda realizatsiya qilingan», — dedi Murodov.

Uning qayd etishicha, shunga o‘xshash tartib boshqa mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ulushlarini realizatsiya qilishda ham qo‘llanishi mumkin. Bunday holatlarda ulushni sotib olish bo‘yicha imtiyozli huquq qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Murodov bundan buyon xususiylashtirishning ushbu usullaridan foydalanilganda ham keng jamoatchilikka axborot berib borilishini qo‘shimcha qildi.

«Paynet» ulushi 2024-yilda qanday sotilgandi?

«Paynet» xizmati 2005-yilda Botir Orifjonov tomonidan yaratilgan. Keyinchalik tadbirkor kompaniyani Xalq banki ko‘rinishida davlatga (60 ming dollarga, garchi aktivi 10 million dollarga baholangan bo‘lsa-da) sotgan.

2024-yil aprel oyida «Paynet» to‘lov xizmatini boshqaruvchi «Uzpaynet» kompaniyasining ta’sischisi o‘zgargan. Reyestr ma’lumotlariga ko‘ra, korxonaning 100 foiz ulushi «New Industrial Technologies» kompaniyasiga o‘tgan.

Рисунок1

Davlat «Paynet»ni bundan oldin ham xususiylashtirishi haqida e’lon bergandi. 2022-yilning avgustida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi kompaniyaning davlatga tegishli 100 foiz ulushini sotuvga chiqargan. Bir oy ichida potensial xaridorlardan yettita ariza kelib tushgan.

Davaktiv agentligi izoh bergan masalalar

Рисунок2

• «UzAuto Motors»ni sotib olishga qiziqayotgan uch davlat nomi ochiqlandi. «UzAuto Motors» va «UzAuto Motors Powertrain» kompaniyalarini xususiylashtirish jarayoniga AQSH, Janubiy Koreya hamda Xitoy kompaniyalari qiziqish bildirmoqda.

• «O‘zbekiston pochtasi» AJ atrofida «Wildberries» bilan bog‘liq yangi boshqaruv modeli va 100 mlrd so‘mlik kredit masalasi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv) esa kompaniya xususiylashtirilmagani va mazkur qarz olinmaganini ma’lum qildi.

• «Uzbekistan GTL» zavodini xususiylashtirish jarayoni va aksiyalarini birilamchi ommaviy joylashtirish (IPO) bo‘yicha dastlabki bosqichlar boshlandi. Agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayrim yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar GTL zavodining IPOsida ishtirok etish bo‘yicha agentlikka rasman murojaat bilan chiqqan.

• Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti yotoqxonasining sotilishiga izoh berdi. Yangi yotoqxona qurilib, talabalar u yerga ko‘chirilmaguncha, mavjud binoda ularning yashashi davom etadi.

Teglar

Mavzuga oid

Davaktiv «Paynet» sotilishiga oid bitim tafsilotlarini ma’lum qildi | Vaqt.uz