add

Ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari prezident maslahatchisi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi

Shuningdek, Ekologiya qo‘mitasi raisining 4 nafar o‘rinbosari prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari prezident maslahatchisi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Ekologiya qo‘mitasi raisining 4 nafar o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Ular maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy xizmat va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Qarorga muvofiq, Ekologiya qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobdor hisoblanadi. Qo‘mita o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda uning faoliyatiga ushbu mansabdor shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi.

Shuningdek, Ekologiya qo‘mitasining joriy faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tarkibidan chiqarilib, uning negizida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etilgani haqida xabar bergandik. Shuningdek, ushbu qo‘mita tarkibida Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi — Ekopolitsiya tashkil etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari prezident maslahatchisi o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi | Vaqt.uz