add

Endilikda voyaga yetmagan shaxslar ham bank kartasi ochishi mumkin

Bugun 13:252141

Bunda 14 – 18 yosh oralig‘idagi shaxslar mustaqil ravishda, 14 yoshgacha bo‘lganlar esa ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida bank kartasi ochishi mumkin bo‘ladi.

Endilikda voyaga yetmagan shaxslar ham bank kartasi ochishi mumkin

Adliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risida»gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi buyruqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Hujjatga muvofiq, foydalanuvchi sub’ektlarga ko‘ra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Jumladan, biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, endilikda 14 – 18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati ham yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 1-noyabr holatida O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 65 mln 44 ming donani tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Endilikda voyaga yetmagan shaxslar ham bank kartasi ochishi mumkin | Vaqt.uz