add

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

Bugun 10:212 daqiqa

Markaziy bank 2026 yil 19-yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yil yanvar oyining so‘nggi ish kunlari holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikrokredit va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi hafta ma’lumotlari kredit bozorida keskin siljishlar yo‘qligini, ammo segmentlar kesimida farqlar saqlanayotganini ko‘rsatmoqda.

photo_2026-01-20_10-45-34

Mikrokreditlar

Yangi haftada mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 31,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan haftada 32,0 foiz, undan oldingi haftada esa 31,6 foiz atrofida bo‘lgan. Demak, ikki haftalik dinamikada mikrokreditlar segmentida avvalo yengil o‘sish, keyin esa barqarorlashuv kuzatilmoqda.

Eng past foizli mikrokredit

Eng past mikrokredit stavkasi yangi haftada «Trastbank»da 24,7 foiz darajasida qayd etildi. O‘tgan haftada esa eng maqbul taklif «Infinbank» tomonidan 24,0 foiz bilan taqdim etilgan edi. O‘rta segmentda «Aloqabank», «Turonbank» va «Milliybank» mikrokredit stavkalari 24,9–25,7 foiz oralig‘ida shakllandi. Yuqori segmentda esa vaziyat deyarli o‘zgarmadi: «Anorbank» va «Tengebank» mikrokreditlarni mos ravishda 41,7 va 42,7 foizda taklif qilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan ikki haftada ham eng yuqori darajada qolgan.

photo_2026-01-20_10-45-34 (2)

Avtokreditlar

Avtokreditlar bozorida yangi haftada o‘rtacha foiz stavkasi 23,3 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftada bu ko‘rsatkich 23,2 foiz, undan oldingi haftada esa 23,6 foiz atrofida bo‘lgan. Shu tariqa, avtokreditlar segmentida avval pasayish, keyin esa nisbiy barqarorlik qayd etildi.

Eng past foizli avtokredit

Eng past avtokredit stavkasi yangi haftada «Infinbank»da 17,7 foiz darajasida belgilandi. O‘tgan haftada esa eng maqbul taklif «Ipotekabank» tomonidan 19,7–20,0 foiz atrofida taklif qilingan edi. O‘rta segmentda «Aloqabank», «Xalq banki» va «Asia Alliance bank» avtokreditlarni 22,5–23,1 foiz oralig‘ida taqdim etmoqda. Eng yuqori stavkalar esa «Trastbank» va «Madad Invest bank»da saqlanib, 26,6–27,9 foizni tashkil etdi.

Umuman olganda, yangi hafta ma’lumotlari mikrokreditlarda yuqori foiz bosimi saqlanayotganini, avtokreditlarda esa banklar raqobati hisobidan nisbatan qulay shartlar shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid