add

Federal zaxira tizimi stavkani 0,25 foizga tushirdi: AQSH fond bozorlarida sakrash

Bugun 09:282662 daqiqa

AQSH Federal zaxira tizimi ketma-ket uchinchi marta stavka tushirgach, AQSH fond indekslari keskin o‘sdi. S&P 500 yangi chegaraga yaqinlashdi, investorlar esa «Santa rallisi»ni kutmoqda.

Federal zaxira tizimi stavkani 0,25 foizga tushirdi: AQSH fond bozorlarida sakrash

AQSHda 10-dekabr kuni fond bozorlari kuchli rallini namoyon qildi. Federal  zaxira tizimining uchinchi marta ketma-ket foiz stavkasini tushirishi investorlar kayfiyatini bir zumda o‘zgartirdi va asosiy indekslar barchasi ijobiy hududda savdo yakunladi. Bozordagi asosiy savol — yil oxirigacha an’anaviy «Santa-klaus rallisi» boshlanadimi yoki yo‘qmi.

AQSH Federal zaxira tizimi asosiy stavkani 0,25 foiz punktiga 3,5 foizdan 3,75 foizgacha dipazonga tushirdi. FZT sentabr va oktabr oylarida ham stavkani shunchaga pasaytirgan edi.

S&P 500 kun yakunlariga ko‘ra 0,7 foizga oshib, 6886 punktga yetdi. Sessiya davomida indeks tarixiy maksimalni qayta yangilashga yaqin keldi, ammo rekord darajada mustahkamlanishga ulgurmadi. Ayrim tahlilchilarning aytishicha, agar iqtisodiy sharoit barqaror qolsa, S&P 500 «yaqin haftalarda» 7000 punktdan oshishi mumkin.

Dow Jones Industrial Average esa 1,1 foizga ko‘tarilib, asosiy benefitsiarlardan biriga aylandi. CNBC televideniyesining ta’kidlashicha, sanoat gigantlari FZT qaroriga eng tez reaksiya qilgan sektor bo‘ldi. Texnologik kompaniyalar uchun esa vaziyat biroz murakkabroq kechdi: Nasdaq Composite kun davomida «qizil zona»da bo‘ldi, ammo kun yakunida 0,5 foiz o‘sish qayd etdi.

Eng katta syurpriz Russell 2000 indeksi tarafidan keldi. Kichik kapitalizatsiyali kompaniyalardan iborat bu indeks 1,4 foizga yuqorilab, 2562 punkt bilan o‘zining mutlaq rekordini yaratdi. Tahlilchilar fikricha, aynan shu segmentdagi ralli bozordagi optimizmning keng qamrovli ekanini ko‘rsatadi.

Treyderlar 2026 yilda FZS kamida bir marta yana moslashuvchan siyosatga o‘tishini kutmoqda. Ayrimlari esa ikki marta stavka tushirilishiga ham pul tikishmoqda. Bozorda ralli davom etishi inflatsiya dinamikasi va FRSning keyingi bayonotiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid