Logo

FIFA Isroil va Falastin o‘rtasida o‘yin tashkillashtirmoqchi

Bugun 21:202 daqiqa

Jahon futboli rahbariyatining yangi tashabbusi jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi.

FIFA Isroil va Falastin o‘rtasida o‘yin tashkillashtirmoqchi © reuters

FIFA sentabr oyida AQSHda o‘tkaziladigan yangi xalqaro yoshlar festivali oldidan Falastin va Isroilning 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tashkilot prezidenti Janni Infantino tomonidan ilgari surilgan bu tashabbus faollar va xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Isroilni musobaqalardan chetlatishni keskin talab qilayotgan bir paytda o‘rtaga chiqdi.

Tanqidlar nima bilan bog‘liq?

Faollar o‘z talablariga xalqaro huquq me’yorlarining buzilishi, falastinlik sportchilarga qilinayotgan hujumlar va sport infratuzilmasining vayron etilishini asos qilib keltirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning oktabr oyida urush boshlanganidan buyon kamida 467 nafar futbolchi va umumiy hisobda 949 nafar sportchi halok bo‘lgan.

Shuningdek, yuzlab sport inshootlari shikastlangan yoki butunlay vayron qilingan bo‘lib, Falastin hududlarida futbol faoliyati deyarli to‘xtab qolgan.

FIFA Isroilni musobaqalardan chetlatishni xohlamaydi

Falastin futbol assotsiatsiyasining ko‘plab murojaatlari va kuchayib borayotgan xalqaro bosimlarga qaramay, FIFA shu paytgacha Isroilni musobaqalardan chetlatishdan bosh tortib kelmoqda.

Bunday qaltis vaziyatda ramziy uchrashuv o‘tkazish g‘oyasi esa yangi tanqidlar to‘lqinini keltirib chiqardi.

Tanqidchilarning fikricha, FIFA aniq va keskin choralar ko‘rish o‘rniga, G‘azodagi ko‘plab harbiy jinoyatlarni xaspo‘shlaydigan «yarashuv» tashabbusini ilgari surmoqda.

Vaholanki, u yerda stadionlar vayronaga aylangan, butun bir sportchilar avlodi esa o‘z faoliyatini davom ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid