Logo

Germaniya elchisi Manfred Huterer O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Bugun 10:551 daqiqa

Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida 2024 yil iyul oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Germaniya elchisi Manfred Huterer O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda © TIV

Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manfred Huterer mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Manfred Hutererning O‘zbekistondagi faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot mustahkamlanib, oliy darajadagi tashriflar samarali tashkil etilgani hamda ko‘p qirrali hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchiga O‘zbekiston va Germaniya munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Manfred Huterer Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida 2024 yil iyul oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Unga qadar u Germaniyaning Belarusdagi elchisi lavozimida ishlagan. O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuv va tashabbuslarda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi 14 yillik missiyasini yakunlagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid