Logo

Germaniya o‘zbekistonlik 800 nafar hamshirani ishga taklif qilmoqda

Bugun 17:461 daqiqa

Nomzodlar jo‘nashdan oldin nemis tilini bepul o‘rganadi, o‘qish davrida esa ularga stipendiya va turarjoy beriladi. Oylik maosh 2500 yevrogacha. Dastur B2 darajasidagi sertifikat imtihoni, hujjatlar tarjimasi, viza va aviachipta xarajatlarini ham qoplaydi.

Germaniya o‘zbekistonlik 800 nafar hamshirani ishga taklif qilmoqda © Фото: Соғлиқни сақлаш вазирлиги матбуот хизмати

Migratsiya agentligi Germaniya klinikalarida ishlash uchun hamshiralar tanlovi boshlanganini ma’lum qildi.

Ishga qabul Germaniya klinikalariga tibbiyot xodimlarini joylashtiruvchi «Globalgate» xalqaro rekruting agentligi dasturi doirasida amalga oshiriladi. Jami 800 ta ish o‘rni ajratilgan.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

— 20 yoshdan 36 yoshgacha bo‘lish;
— uch yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega bo‘lish;
— kamida ikki yillik ish tajribasi;
— sudlanmaganlik va sog‘lig‘i yaxshi bo‘lish.

Tanlovdan o‘tganlar 10 oy davomida nemis tili kurslarida bepul o‘qiydi. O‘qish davrida ularga stipendiya to‘lanadi va turar joy beriladi. Dastur B2 darajasidagi sertifikat imtihoni, hujjatlar tarjimasi, viza va aviachipta xarajatlarini ham qoplaydi.

Germaniyada boshlang‘ich maosh oyiga 1900 yevro, ya’ni taxminan 25 mln so‘mni tashkil qiladi. Nomzodning malakasi Germaniya idoralari tomonidan tan olingach, maosh 2500 yevro, ya’ni 32,9 mln so‘mgacha oshadi.

Arizalar 15-dekabrgacha xorijdaish.uz portali orqali qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotni 1282 raqami orqali olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham o‘zbekistonlik hamshiralar 2800 yevrodan boshlangan maosh bilan Germaniyada ishlashga taklif qilingani xabar berilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid