add

Gunvor rahbari Rossiya bilan aloqalar ayblovi ortidan iste’foga chiqmoqda

02.12.2025 | 12:252822 daqiqa

Neft savdosi bilan shug‘ullanuvchi Gunvor group kompaniyasining asosiy egasi Torbern Tornkvist o‘zining 85 foizlik ulushining barchasini kompaniya xodimlariga sotyapti.

Gunvor rahbari Rossiya bilan aloqalar ayblovi ortidan iste’foga chiqmoqda

Gunvor Group'ning asosiy ulushdori va bosh direktori Torbern Tornkvist iste’foga chiqadi va o‘zining nazorat ulushini kompaniya xodimlariga sotadi. Bu haqda kompaniya xabarida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Tornkvist ketganidan so‘ng, kompaniyaga uning AQSHdagi bo‘linmasi rahbari Geri Pedersen boshchilik qiladi.

Gunvor group'ga ko‘ra, xodimlarning aksiyalarni sotib olish taklifi kompaniya rahbariyati tomonidan 2022 yildagi umumiy yig‘ilishda ilgari surilgan bo‘lgan. Bayonotda aytilishicha, Gunvor direktorlar kengashi va ijroiya qo‘mitasiga endi Tornkvistlar oilasi a’zolari ham, uning vakillari ham kirmaydi. Shu bilan birga, kompaniyaning chetdan mulkdorlari bo‘lmaydi.

«Bunday o‘zgarish uchun qulay payt keldi. Avlodlar almashinuvi jadal davom etmoqda va bizda global strategiyamizni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy barqarorlik va yetakchilik salohiyati mavjud. Bizning maqsadimiz — bugun ham, kelajakda ham dunyo energetika bozorining ishonchli va raqobatbardosh ishtirokchisi sifatida yetakchilik mavqeimizni saqlab qolishdir», — deya izoh berdi Pedersen.

Sanksiyalar ostida qolgan LUKOIL

AQSH Moliya vazirligi yaqinda LUKOIL va uning sho‘ba tuzilmalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Qo‘shma Shtatlar kompaniyaga operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Bu holat ortidan LUKOIL o‘zining xalqaro aktivlarini sotish rejasini bildirgandi.

Avvalroq Shveysariyaning Gunvor Group treyderi «LUKOIL International GmbH»ni sotib olish bo‘yicha taklif bergan, ammo 7-noyabr kuni kompaniya bu rejadan voz kechganini ma’lum qildi. Bu qaror AQSH Moliya vazirligi Gunvor'ni Rossiya bilan aloqalar haqida ogohlantirganidan keyin qabul qilingan.

Avvalroq Yaqinda AQSH Moliya vazirligi Amerikaning yangi sanksiyalar paketiga LUKOIL va uning sho‘ba tuzilmalarini kiritdi. Qo‘shma Shtatlar LUKOIL va uning 50 foizi va undan ko‘p ulushga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalari bilan operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Shundan so‘ng, LUKOIL cheklov choralari joriy etilishi munosabati bilan o‘zining xalqaro aktivlarini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

30-oktabr kuni LUKOIL Gunvor group xalqaro neft treyding kompaniyasidan Rossiya kompaniyasining xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi LUKOIL International GmbH kompaniyasini sotib olish bo‘yicha taklif olganini e’lon qildi. Ta’kidlash joizki, Shvetsariyaning Gunvor Group xomashyo treyderiga rossiyalik oligarx Gennadiy Timchenko va uning shvetsiyalik hamkori Torbern Ternkvist asos solgan.

Biroq, 7-noyabr kuni Gunvor o‘z taklifini qaytarib olishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu bayonotni AQSH Moliya vazirligi uning Rossiya bilan aloqalari haqida xabar berganidan va Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan bir paytda Gunvor biznes yuritish uchun litsenziya olmasligi to‘g‘risida ogohlantirganidan so‘ng berdi.

LUKOIL 11 mamlakatda, jumladan, Bolgariya, Ruminiya va Niderlandiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi AYQSH tarmog‘i, Ozarboyjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq, Misr, BAA, shuningdek, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neft qazib olish loyihalari kabi aktivlarga egalik qiladi.

Teglar

Mavzuga oid