
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kelgusi yildan «Kiberhuquq» yo‘nalishi ochiladi
Prezidentning tegishli farmoni bilan prokuratura sohasini raqamlashtirish jarayoni takomillashtriladi.

Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yilidan har yilgi qabul parametrlari (kvotalari) doirasida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish muddati 4 yilni tashkil etadigan «Kiberhuquq» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi.
Bundan tashqari, «E-tergov» axborot tizimi joriy etilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
jinoyat ishi yurituvining barcha bosqichlarini elektron shaklga o‘tkazish;
sud ekspertizasini onlayn rejimda tayinlash;
moddiy zararni hisobga olish va undirish jarayonlarini monitoring qilish.
Ushbu farmon hamda Strategiyadagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash uchun Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.
Avvalroq «Raqamli prokuror» axborot tizimlari kompleksi joriy qilinishi haqida xabar berilgandi.





