Logo

Jett yangilandi — investitsiya qilish va mablag‘laringizni boshqarish yanada qulay!

Bugun 12:321 daqiqa

Jett’ning yangi versiyasi barcha platformalarda mavjud! Endi O‘zbekiston fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish yanada qulay va mablag‘laringizni boshqarish yanada oson.

Jett yangilandi — investitsiya qilish va mablag‘laringizni boshqarish yanada qulay!

Endi FINBROK mijozlari Jett orqali investitsiya hisobini bir zumda to‘ldirishi va mablag‘larini yechib olishi mumkin. Kamroq kutish — mablag‘laringizni boshqarishda ko‘proq qulaylik. Hisobni to‘ldirish va mablag‘larni yechib olish bir necha soniya ichida amalga oshadi.

Bir zumda to‘ldirish va mablag‘larni yechib olish funksiyasi birja ish vaqtida — dushanbadan jumagacha, soat 9:30 dan 16:00 gacha amal qiladi.

Jett’dan foydalanish esa yanada qulay. Yangi versiya barcha platformalarda mavjud. Ilovani yangilang va o‘zgarishlarni o‘zingiz sinab ko‘ring!

Telegram • Instagram

Teglar

Mavzuga oid