Logo

«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari rekord darajada qimmatladi

Bugun 16:021 daqiqa

Aksiyalar tarixiy maksimumni yangilab, 50 so‘mga yetdi. Yil boshidan buyon ularning narxi 355 foizdan ziyod oshdi.

«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyalari rekord darajada qimmatladi

«O‘zsanoatqurilishbank»ning oddiy aksiyalari 15-oktabr kuni savdolar davomida 50 so‘mgacha ko‘tarilib, tarixiy maksimumni qayd etdi.

Kun davomida qimmatli qog‘ozlar narxi 7,1 foizga oshdi. Savdo sessiyasi yakuniga yaqin esa kotirovkalar biroz pasayib, bir aksiya uchun 48 so‘m atrofida barqarorlashdi.

Aksiyalar narxining o‘sishi yil boshidan buyon ham sezilarli bo‘ldi. Savdo davomida qayd etilgan eng yuqori narxni hisobga olganda, aksiyalar qiymati yil boshidan beri 355,78 foizga oshgan.

So‘nggi 30 kun ichida o‘sish 20,48 foizni, oxirgi 12 oyda esa 359,55 foizni tashkil etdi. Bu bir yil avval aksiya sotib olgan investorning qimmatli qog‘ozlari narxi, komissiyalar va boshqa xarajatlarni hisobga olmaganda, 4,5 baravardan ko‘proq oshganini anglatadi.

Bozor tahlilchilarining fikricha, bank aksiyalaridagi keskin ko‘tarilishi bankning xususiylashtirish jarayonlariga bo‘lgan kutilmalar yuqoriligi, shuningdek, mahalliy investorlarning bank sektoriga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Ma’lumot uchun, «O‘zsanoatqurilishbank»ning foydasi 2026-yilning dastlabki 6 oyida 36,7 foizga oshib, 1,1 trln so‘mga yetgan.

Teglar

Mavzuga oid