Logo

Kannavaro ketadimi? O‘FA rasmiy munosabat bildirdi

Bugun 21:131 daqiqa

Ta’kidlanishicha, murabbiy bilan shartnoma shartlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

Kannavaro ketadimi? O‘FA rasmiy munosabat bildirdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning o‘z lavozimini tark etishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qildi. Ushbu mish-mishlar dastlab taniqli sport insayderi Fabritsio Romano tomonidan tarqatilgan edi.

Xabarlarda italiyalik mutaxassisning ketishiga Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining bir yilga kechiktirilgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan. O‘FA bu ma’lumotlarni asossiz deb atadi.

«So‘nggi soatlarda ayrim xorijiy manbalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Osiyo kubogi-2027 musobaqasi muddatining o‘zgartirilishi ortidan o‘z lavozimini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qiladi», – deyiladi tashkilotning rasmiy bayonotida.

Ma’lumot o‘rniga ta’kidlash kerakki, O‘FA va Fabio Kannavaro o‘rtasidagi hamkorlik 2025 yilning kuzida boshlangan. Tomonlar o‘zaro «2+3» tizimida shartnoma imzolashgan edi.

Ushbu kelishuv shartlariga ko‘ra, italiyalik mutaxassisning shartnomasi musobaqalardagi, xususan, Osiyo kubogida qayd etiladigan natijalarga qarab yana uch yil muddatga uzaytirilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid