Logo

Kechikkan keshbek pullari bugun tasdiqlanadi, ertadan yechib olish mumkin — Soliq qo‘mitasi

Bugun 19:011 daqiqa

25-iyul kuni tasdiqlanishi kerak bo‘lgan keshbek mablag‘lari ayrim foydalanuvchilar hisobida haligacha tasdiqlanmagani yuzasidan Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati Vaqt.uz’ga izoh berdi.

Kechikkan keshbek pullari bugun tasdiqlanadi, ertadan yechib olish mumkin — Soliq qo‘mitasi © Soliq.uz ilovasi

25-iyul kuni tasdiqlanishi lozim bo‘lgan keshbek mablag‘lari ayrim foydalanuvchilar hisobida haligacha tasdiqlanmagan. Bu masala yuzasidan Vaqt.uz’ga bir nechta murojaatlar kelib tushdi.

Shundan so‘ng tahririyat Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga murojaat qildi.

Qo‘mita matbuot kotibi Valeriya Salaxutdinovaning Vaqt.uz'ga ma’lum qilishicha, tasdiqlanmay qolgan keshbeklarning asosiy qismi chekni rasmiylashtirgan tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlaridagi kamchiliklar yoki soliq qarzdorligi bilan bog‘liq.

1

Shu sababli mazkur keshbeklar avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilish jarayoniga yuborilgan.

«Soliq mobil ilovasida ro‘yxatga olingan, ammo tasdiqlanmay qolgan keshbeklarning aksariyati chek bergan korxonalarning soliq hisobotlaridagi kamchiliklar hamda soliq qarzdorligi sababli yuzaga kelgan. Shu bois bugun ertalab ular qayta hisob-kitob qilish uchun yuborildi. Bugun kun oxirigacha to‘lovlar tasdiqlanadi, ertadan esa fuqarolar mablag‘larni bank kartalariga o‘tkazib olishlari mumkin», — dedi Valeriya Salaxutdinova.

Avvalroq “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida aholi tomonidan elektr energiyasi uchun subsidiya to‘lovlari 2-3 oyga kechikkandi.

Murojaatlarda aytilishicha, “Soliq” ilovasida o‘tgan oylar uchun qancha mablag‘ yig‘ilgani aniq ko‘rsatilgan, ya’ni tizim elektr energiyasi qabul qilinganini hisobga olgan. Biroq bu pullarni vatandoshlarning kartalariga o‘tkazish (to‘lov buyurtmasini bajarish) qismi to‘xtatilgan.

Soliq qo‘mitasi keyinchalik muammo bartaraf etilgani va barcha subsidiya pullari qaytarilgani haqida xabar bergan.

Teglar

Mavzuga oid

Kechikkan keshbek pullari bugun tasdiqlanadi, ertadan yechib olish mumkin — Soliq qo‘mitasi | Vaqt.uz