add

Kiberfiribgarlikda ayblangan fuqaro Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Bugun 18:351911

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik fuqaro 10 nafardan ortiq yurtdoshlarimizning mablag‘larini o‘zlashtirib ketgan.

O‘zbekiston va Turkiya ichki ishlar vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida kiberfiribgarlik jinoyatlarida ayblanayotgan va 10 nafardan ortiq vatandoshning mablag‘larini o‘zlashtirgan fuqaro — Z.U.D. (2005 yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston hududiga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi rasman xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxsga nisbatan xalqaro hamkorlik doirasida qidiruv va protsessual harakatlar amalga oshirilgan. U mamlakatga qaytarilgandan so‘ng surishtiruv-tergov ishlari belgilangan tartibda davom ettiriladi.

Istanbuldagi Bosh konsulxona jabrlanuvchi fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari yoki konsulxonaga murojaat qilishni so‘radi.

Konsulxona ma’lumot berishicha, xorijda, jumladan Turkiyada jinoiy javobgarlikdan qochib yashirinayotgan shaxslarga nisbatan ta’qib ishlari izchil davom ettiriladi. «Jinoyat uchun javobgarlik» tamoyili qat’iy ta’minlanishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, so‘nggi vaqtlarda turli kiberfiribgarlik holatlari bo‘yicha murojaatlar soni ortib borayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan fuqarolarga shubhali havolalar va takliflarga ishonmaslik, shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik tavsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya odam savdosida ayblangan ikki o‘zbekistonlik ayolni deportatsiya qilganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid