Logo

Kiberjinoyatchilar 2 trln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilgan — IIV

Bugun 08:571 daqiqa

O‘zbekistonda kiberjinoyatlar keskin ko‘payib, 2025 yilda mamlakatda qayd etilgan barcha jinoyatlarning 49,6 foizi kiberjinoyatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Kiberjinoyatchilar 2 trln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilgan — IIV © blockchair.com

O‘zbekistonda kiberjinoyatchilar tomonidan fuqarolarning 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘i talon-toroj qilingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash departamenti boshlig‘i Mirzoxon Zubaydullayev 13-iyun kuni Senat majlisida ma’lum qildi.

Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yildan buyon kiberjinoyatlar turlari 18 tadan 64 tagacha ko‘paygan. Hozirda kibero‘g‘irlik va kiberfiribgarlik holatlarining 96 foizi elektron to‘lov tizimlari orqali sodir etilmoqda.

Nazorat kuchaytirildi


Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida Markaziy bank, Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura o‘rtasida hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Yaratilgan maxsus tizim orqali fuqarolar murojaati kelib tushishi bilan shubhali operatsiyalarni to‘xtatish va bank kartalarini qisqa vaqt ichida bloklash imkoniyati paydo bo‘lgan.

Mutasaddilarning aytishicha, yangi onlay platformaning ishga tushirilishi mablag‘larni noqonuniy aylantirish holatlariga tezkor chora ko‘rish imkonini bermoqda.

1,7 trln so‘m saqlab qolindi

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh oy davomida 1,7 trillion so‘m mablag‘ning noqonuniy ravishda xorijga olib chiqib ketilishining oldi olingan.

Shuningdek, jinoyatlarga aloqador deb topilgan 10 ming 250 ta bank kartasi bloklangan. Bu esa kiberjinoyatchilarning moliyaviy operatsiyalarini cheklashga xizmat qilgan.

Mirzoxon Zubaydullayevning bildirishicha, 2026 yil davomida kiberjinoyatlarni fosh etish ko‘rsatkichlari 3,5 barobarga, ularni aniqlash samaradorligi esa 5 barobarga oshgan.

Teglar

Mavzuga oid