Kichik korxonalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi ma’lum qilindi

Kecha 22:101 daqiqa

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda kichik korxona va mikrofirmalar 6 trillion so‘mlik qurilish ishlarini bajarib, sohadagi umumiy hajmning qariyb yarmini ta’minladi.

Kichik korxonalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi ma’lum qilindi

2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 6 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich mamlakatdagi jami qurilish ishlari hajmining 46 foizini tashkil etgan. Bu esa kichik biznes subyektlarining sohadagi ulushi yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar):

2022-yil – 5,1 trln so‘m;

2023-yil – 3,4 trln so‘m;

2024-yil – 4,2 trln so‘m;

2025-yil – 5,1 trln so‘m;

2026-yil – 6 trln so‘m.

Mutaxassislar bu o‘sishni qurilish sohasida faollikning ortishi va investitsiyalarning ko‘payishi bilan izohlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid