Logo

Ko‘mir narxlarining asosliligi tekshiriladi

Kecha 10:131 daqiqa

Asossiz yuqori narx va ortiqcha ustama qo‘ygan sotuvchilarga chora ko‘riladi.

Ko‘mir narxlarining asosliligi tekshiriladi © inbusiness.kz

O‘zbekistonda ko‘mir mahsulotini iste’molchilarga yetkazib berishda qo‘llanilayotgan narxlarning asosliligi o‘rganiladi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘rganish jarayonida ko‘mir mahsuloti narxlarining shakllanishi va iste’molchilarga yetkazib berishda qo‘llanilayotgan narxlarning iqtisodiy asoslanganligiga alohida e’tibor qaratiladi. Qonunchilik talablariga zid holatlar aniqlangan taqdirda, tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qaroriga muvofiq, qo‘mita tomonidan quyidagilar nazorat qilinadi:

— ustun mavqega ega korxonalar tomonidan qazib chiqarilgan ko‘mir narxining raqobat sharoitida shakllanadigan narxdan asossiz yuqori belgilanmasligi;
— aholi va budjet tashkilotlariga ko‘mirni yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan birjada sotib olingan mahalliy ko‘mir uchun ortiqcha ustama (ortiqcha xarajatlar) qo‘llanmasligi;
— ko‘mir bozorida iqtisodiy konsentratsiya bo‘yicha davlat nazorati o‘rnatilishi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholiga suyultirilgan gaz va ko‘mir yetkazib berilishini IIV nazorat qilishi haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Ko‘mir narxlarining asosliligi tekshiriladi | Vaqt.uz