Mahalliy turoperatorlarga targ‘ibot xarajatlari uchun 25 foizgacha kompensatsiya beriladi

Bugun 15:362 daqiqa

2027 yildan boshlab sayyohlar fikrini o‘rganish uchun yilda ikki marta maxsus kuzatuvlar o‘tkazilib, turizm siyosati aniq ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

Mahalliy turoperatorlarga targ‘ibot xarajatlari uchun 25 foizgacha kompensatsiya beriladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30-apreldagi PQ–161-son qarori bilan hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish belgilandi.

Turizmni rivojlantirish zanjiri

Qarorga muvofiq, «jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh» zanjiri asosida yangi yondashuv joriy etiladi. Unga ko‘ra, 34 ta turizm obyekti uchun master rejalar ishlab chiqiladi, shuningdek 31 ta obyekt faoliyati yo‘lga qo‘yilib, rivojlantiriladi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi respublika va mahalliy darajadagi barcha turistik zonalar hamda klasterlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz sifatida ishlaydi.

2026 yil 1-iyundan boshlab ziyoratgoh hududlarida funksional chegaralar belgilanadi, zarur hollarda ko‘p qavatli binolar qurish orqali hududlar kengaytiriladi. Shu bilan birga, ulardan foydalanish uchun alohida dizayn-kodlar joriy etiladi.

Sohada hamkorlikni kuchaytirish maqsadida «davlat – biznes – jamoatchilik – ta’lim» (Quattro) tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 2027 yildan esa sayyohlar o‘rtasida yiliga ikki marta tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.

Tadbirkorlarga imtiyozlar

Shuningdek, 2026 yil 1-sentabrdan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan turizm subyektlariga moliyaviy ko‘mak beriladi. Xususan, xorijiy turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Mahalliy turoperatorlarning xorijda O‘zbekistonni targ‘ib qilishga qaratilgan xarajatlarining 25 foizigacha (500 mln so‘mgacha) kompensatsiya qilinadi. Shuningdek, tadbirkorlarning sayyohlar uchun madaniy tadbirlar tashkil etish xarajatlari ham qisman moliyalashtiriladi.

Teglar

Mavzuga oid

Mahalliy turoperatorlarga targ‘ibot xarajatlari uchun 25 foizgacha kompensatsiya beriladi | Vaqt.uz