add

Markaziy Osiyo kelgusi o‘n yillikni suvdan oqilona foydalanishga bag‘ishlaydi

Bugun 17:25811

Afg‘oniston ham Amudaryo havzasi suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha muloqotga jalb etilishi mumkin.

Markaziy Osiyo kelgusi o‘n yillikni suvdan oqilona foydalanishga bag‘ishlaydi

Mintaqada suv taqchilligi tobora o‘sib borayotgani va uning barqaror rivojlanishdagi salbiy oqibatlarini hisobga olib, 2026-2036 yillar «Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi» deb e’lon qilinadi. Bu taklifni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida bildirdi.

Mirziyoyevga ko‘ra, ekologiya, iqlim va suv resurslari taqchilligi masalalari e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Afg‘oniston bilan Amudaryo suvlaridan birgalikda foydalanish zarur.

«Qo‘shni Afg‘onistonni Amudaryo havzasi suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga faol jalb etishni muhim, deb hisoblaymiz. Soha kadrlarini professional tayyorlashga investitsiya jalb etmasdan turib, suv resurslarini samarali boshqarish imkonsiz. Shu maqsadlarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bazasida Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etishni rejalashtirganmiz», - deydi O‘zbekiston yetakchisi.

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, O‘zbekiston kelgusi yilda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumi o‘tkazishni reja qilgan.

«Bu borada sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga va anjumanda faol ishtirok etishingizga umid qilamiz», - dedi Mirziyoyev.

Teglar

Mavzuga oid