Logo

Maskning Trampga qarshi urushi unga bir kunda 34 mlrd dollarga tushdi

07.06.2025 | 19:008 daqiqa

Milliarder Ilon Mask va AQSH rahbari Donald Tramp dahanaki jangga o‘tib ketishdi. Xo‘sh, bu janjal eng boy amerikalik uchun qanday moliyaviy va imij yo‘qotishlarini anglatadi?

Maskning Trampga qarshi urushi unga bir kunda 34 mlrd dollarga tushdi
Yaqin-yaqingacha ittifoqchi bo‘lgan Tramp va Mask bir necha kun ichida ashaddiy dushmanlarga aylanishdi va bir-birlarini ochiqcha tanqid qilishga o‘tdi — shartnomalarni bekor qilish tahdididan tortib, Epshteyn ishiga aloqadorlikka ishora qilish va impichment chaqiriqlarigacha. Ilon Mask va Donald Tramp orasida ochiq mojaro  milliarder respublikachilarning «katta go‘zal soliq imtiyozlari loyihasi»ni «besunaqay, jirkanch va rasvo» deb atashi ortidan boshlandi. Uning fikricha, bu hujjat byudjet taqchilligini yanada kuchaytiradi. Mask Tramp tomonidan «katta va chiroyli», deb atalayotgan iushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan respublikachilardan intiqom olishini va’da qildi. Tramp avval boshda jim turdi, ammo payshanba kuni Oval kabinetda jurnalistlarga «Ilondan hafsalam pir bo‘ldi», deya bayonot berdi. Donald Tramp Ilon Mask kompaniyalari bilan barcha subsidiya va shartnomalarni to‘xtatishni taklif qildi va buni «milliardlab dollar tejashning eng oson yo‘li», deb atadi. Mask esa javoban prezidentni ochiqcha masxara qildi, uning «dublyori» paydo bo‘lganini aytib, yangi siyosiy partiya tuzish vaqti kelganini ishora qildi. Mask impichmentga chaqiruvchi postlarni qo‘llab-quvvatladi hamda Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlarda prezident nomi qayd etilishi mumkinligini bildirdi. «Epshteyn fayllari» — mahkum etilgan moliyachi va jinsiy zo‘ravon haqidagi hujjatlar — aloqalar, xususiy samolyotlardagi parvozlar, Epshteyn rezidensiyalariga tashriflar va voyaga yetmaganlarni ekspluatatsiya qilishda ishtirok etish haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ro‘yxatlarda shahzoda Endryudan boshlab CIAning sobiq rahbari Uilyam Byornsgacha bo‘lgan o‘nlab taniqli ismlar bor. Tramp esa Maskni ikkiyuzlamachilikda aybladi: go‘yoki Mask byudjetdan elektromobillar uchun subsidiyalar qisqartirilgani uchun g‘azablangan. «U men befoyda elektromobillar uchun majburiyatni olib tashlashimni bilgandi va shunchaki AQLDAN OZDI», — deb yozdi Tramp. Mask 2024 yilda Trampning g‘alabasi uchun 275 mln dollar sarflagan va 2026 yilgi oraliq parlament saylovlarigacha yana 100 mln dollar berishga va’da qilgan edi. Ammo bu yangi mablag‘ni haligacha o‘tkazgani yo‘q — va endi, ehtimol, umuman o‘tkazmaydi, deb yozadi NYTimes. Bunga javoban Tramp Mask kompaniyalarini milliardlab dollarlik shartnomalardan mahrum qilish bilan tahdid qilmoqda, prezident atrofida esa sobiq ittifoqchi bilan uzoq kurashishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu kurash texnologik va siyosiy lagerlarni ham bo‘lib tashlashi mumkin. Tramp va Mask o‘rtasidagi janalga bozor ham darhol reaksiya qildi: Tesla aksiyalari 14 foizga arzonlashdi, Trump Media & Technology Group — Truth Social’ning ona kompaniyasi — aksiyalari esa 8 foiz qiymat yo‘qotdi. Tramp bilan mojaro Maskning boyligiga ham zarba berdi: uning mulki bir sutkada 34 mlrd dollarga kamaydi. Epshteyndan o‘ngdagi suratda — Gisleyn Maksvell. U 2021 yil dekabrida Epshteyn uchun voyaga yetmaganlarni ekspluatatsiya qilishda yordam berganlikda ayblanib, aybdor deb topilgan. Sudning aniqlashicha, Maksvell unga o‘smir qizlarni topib bergan va o‘zi ham zo‘ravonlikda ishtirok etgan, Epshteyndan millionlab dollar olgan. 2022 yilda u 20 yilga qamalgan. U qamalganidan so‘ng, Tramp (prezidentlik davrida) Oq uydagi brifingda unga «omad tilagan» edi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, Mask Tramp Epshteyn ishi hujjatlarida qayd etilgani haqidagi xabarini o‘chirdi «Endi haqiqiy bomba tashlash vaqti keldi: Donald Tramp Epshteyn fayllarida qayd etilgan. Ular nega ommaga e’lon qilinmaganining asl sababi ham shu. Omad, Tramp!» — deyilgan edi tadbirkor 5 iyun kuni joylagan xabarda. Hozirda bu xabar o‘chirilgan. Ushbu xabar chop etilgan vaqtda Mask xabarni nega o‘chirganiga izoh bermagan.

Mavzuga oid