
Messi yashirincha «Barselona» stadioniga bordi
Lionel Messi — Argentina milliy jamoasi va «Inter Mayami» klubi yulduzi tunda o‘zi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan «Barselona»ning yangilangan stadionida bo‘ldi.

Argentina milliy jamoasi va AQSHning «Inter Mayami» klubi yulduzi Lionel Messi sobiq jamoasi «Barselona»ning yangilangan stadionida bo‘lib o‘tdi. Uning aytishicha, klubga qaytish umidini yo‘qotmagan, deya xabar bermoqda Tengri Sport.
38 yoshli jahon chempioni «Kamp Nou» stadionidan tunda, bo‘sh tribunalar fonida olingan bir qator suratlarni e’lon qildi. Tashrif jurnalistlar va muxlislardan sir tutilgan edi.
«Kecha kechqurun butun qalbim bilan sog‘ingan joyimga qaytdim. Men cheksiz baxtli bo‘lgan, sizlar meni dunyodagi eng baxtli insonga aylantirgan joy bu. Umid qilamanki, bir kun kelib qaytaman va nafaqat futbolchi sifatida o‘zim bilan xayrlashish uchun...», - deya ijtimoiy tarmoqlarda yozdi futbolchi.
Shu bilan birga, ispaniyalik jurnalistlar ta’kidlashicha, Messi hatto klubni ham oldindan ogohlantirmagan va xavfsizlik xizmati xodimlari bilan keyinroq kelishib olgan.
«Barselona» ma’lum qilishicha, Leo Messi kecha kechqurun Spotify Camp Nou’da paydo bo‘lib, xavfsizlik xizmati xodimlaridan stadionni ko‘rish uchun ruxsat so‘ragan.
«U oldindan ogohlantirmagan, balki joyiga kelgach so‘ragan va ruxsat olgan», - deya ta’kidlaydi Jerard Romero.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2003-2021 yillarda Kataloniya jamoasi uchun o‘ynab, klubning tirik afsonasiga aylangan. U 10-marta Ispaniya chempioni unvonini qo‘lga kiritgan, klub bilan to‘rt marta Chempionlar Ligasini zabt etgan.
Argentinalik futbolchi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi - 672 ta gol, 2011/2012-yilgi mavsumda esa Ispaniya chempionatida 50 ta gol urgan (liga rekordi).
2021 yilda Messi «Barselona»ni tark etib, «Pari Sen-Jermen»ga o‘tgan.





