Logo

Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi

Bugun 16:151 daqiqa

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekistonning yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi © prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida davlat rahbari shayxulislom tomonidan tuhfa etilgan, O‘zbekiston va Ozarboyjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan «Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi» kitobi uchun minnatdorlik bildirgan.

Muloqot davomida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalar atroflicha muhokama qilingan.

O‘zbekiston prezidenti ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surgan.

Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etilgan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston prezidenti Ollohshukur Poshshozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun O‘zbekistonning «El-yurt hurmati» ordenini topshirgan.

Teglar

Mavzuga oid