add

my.gov.uz’da investorlar uchun yangi raqamli xizmat ishga tushirildi

Bugun 18:221091

Yangi xizmat UzCSD mobil ilovasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida amalga oshirilgan integratsiya natijasida ishga tushirildi.

my.gov.uz’da investorlar uchun yangi raqamli xizmat ishga tushirildi

Aksiyadorlar endi o‘zlariga tegishli qimmatli qog‘ozlar va ular bo‘yicha hisoblangan daromadlar haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda Markaziy depozitariy xabar berdi.

Yangi xizmat Markaziy depozitariyning UzCSD mobil ilovasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida amalga oshirilgan integratsiya natijasida ishga tushirildi.

Servis orqali foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan dividendlar (daromadlar) haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Markaziy depozitariyga ko‘ra, mazkur xizmat aholi va investorlar uchun ma’lumotlarni tez va qulay tarzda olish imkoniyatini beradi.

Teglar

Mavzuga oid

my.gov.uz’da investorlar uchun yangi raqamli xizmat ishga tushirildi | Vaqt.uz