
Navoiyda gazdan zaharlanish oqibatida bir kishi vafot etdi
Marhumning turmush o‘rtog‘i hamda chaqaloq farzandi og‘ir ahvolda.

Navoiy viloyati Karmana tumani «Sardoba» mahallasida gazdan zaharlanish bilan bog‘liq holat qayd etildi. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan. Bu haqda tuman hokimlgi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha. marhumning turmush o‘rtog‘i hamda chaqaloq farzandi og‘ir ahvolda Karmana tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali shifokorlar tomonidan barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda, ularning holati doimiy nazoratga olingan.
Karmana tuman hokimi Shohruh Boltayev tibbiyot muassasasida bo‘lib, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarga ushbu oila holidan doimiy xabardor bo‘lib borish va zarur ko‘maklarni ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar bergan.





