Octobank jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlarini taklif qilmoqda
Birlamchi va ikkilamchi bozorda uy-joyni yillik 20% dan boshlab xarid qilish mumkin.

Octobank jismoniy shaxslar uchun ipoteka kreditlash dasturlarini ishga tushirgan.
Ipotekaga yangi qurilgan uylardagi xonadonlar va ikkilamchi bozordagi uy-joylarni sotib olish mumkin.
Asosiy shartlari:
kredit muddati — 10 yilgacha;
boshlang‘ich to‘lov — 20% dan;
foiz stavkasi — boshlang‘ich to‘lov 20% dan 49% gacha bo‘lganda yillik 22%;
foiz stavkasi — boshlang‘ich to‘lov 50% dan boshlansa yillik 20%.
Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari va bankning korporativ mijozlari xodimlari uchun 2026 yil 31-dekabrgacha yillik 18% dan boshlanadigan aksiya stavkasi amal qiladi.
«Aksariyat mijozlar uchun shaxsiy uy-joyga ega bo‘lish — hayotdagi eng muhim voqealardan biridir. Bizning vazifamiz — bu yo‘lni yanada qulay va osonroq qilishdir. Aynan shuning uchun Octobank ipoteka dasturi mijozlarning turli ehtiyojlarini hisobga oladi va eng maqbul moliyalashtirish shartlarini tanlash imkonini beradi», — deb ta’kidladi Octobank matbuot xizmati.
Ipoteka uchun onlayn ariza topshirish mumkin.
Shuningdek, bank mutaxassislari quyidagi telefon raqami orqali eng maqbul kreditlash shartlarini tanlashda yordam berishadi: +998 71 202 33 33.
Octo-mobile ilovasini yuklab olish
Instagram: @octobank.uz
Facebook: www.facebook.com/octobank.aj
YouTube: @octobank
Telegram: t.me/Octobank_AJ
Sayt: octobank.uz
Telefon: +998 71 202-33-33
Manzil: Furqat. kuchasi, 2A





