Oylik maosh muammolari va “konvertda to‘lov” – vazirlikdan ERIELL bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha izoh so‘raldi

Bugun 17:412 daqiqa

12-mart kuni Milliy Kontent markazi binosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025 yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda Vaqt.uz muxbiri tomonidan O‘zbekiston gaz sanoatidagi eng yirik tadbirkor Baxtiyor Fozilovga tegishli kompaniyalarda ishchilarga maosh to‘lanmasligi bilan bog‘liq muammolar ko‘pligi haqida mas’ullarga savol bilan murojaat qilindi. Shuningdek, vazirlik mas’ullaridan nega bu muammolar yuzasidan kompaniyaga nisbatan hozirgacha biror chora ko‘rilmagani bo‘yicha ham izoh so‘raldi.

Vazirlik vakillari savolga javob berar ekan, kompaniyada ishchilarga oylik to‘lanmasligi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan avval ham tekshiruvlar o‘tkazilgani va ish haqlarini undirib berish bo‘yicha choralar ko‘rilganini ma’lum qildi.

Xususan, vazirlik tarkibidagi Davlat mehnat inspeksiyasi rahbari Nilufar Amaniyazovaning aytishicha, Fozilovga tegishli “Inter Engineering”, “ERIELL” va “Saneg” kabi kompaniyalarda ish haqi bo‘yicha qarzdorlik holatlari yuzasidan o‘tgan yillarda ham tekshiruvlar o‘tkazilgan va tegishli choralar ko‘rilgan.

“Tekshiruvlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmagani bilan, bu yo‘nalishda ishlar olib borilmaganini anglatmaydi. Biz murojaatlar asosida kompaniyaga tegishli tashkilotlarda tekshiruvlar o‘tkazib, ish haqini undirish hamda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llaganmiz. Masalan, bunga qadar ushbu kompaniya bilan bog‘liq holatlarda 12 ming 754 nafar ishchining ish haqi undirib berilgan”, — dedi vazirlik vakili.

Tadbir davomida mas’ullarga “ERIELL” kompaniyasida ishchilarga “konvertda maosh” to‘lanishi haqida ma’lumotlar borligi, bu holat “soya iqtisodiyoti”ga kirishi va unga qarshi qanday choralar ko‘rilayotgani haqida ham savol berildi.

Quyida jurnalist va mas’ullar o‘rtasida kechgan savol-javob jarayonini tomosha qilishingiz mumkin.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 63

Barchasi

Mavzuga oid