add

O‘zbekiston 2030-yilgacha o‘rtachadan yuqori daromadli davlatlar safiga kiradi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga ko‘ra, O‘zbekiston 200 mlrd dollarlik YIM ko‘rsatkichiga 2030-yildan avvalroq yetishi mumkin.

O‘zbekiston 2030-yilgacha o‘rtachadan yuqori daromadli davlatlar safiga kiradi

O‘zbekiston 2030-yildan avvalroq «o‘rtachadan yuqori daromadli» mamlakatlar qatoriga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 18-noyabr kuni Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha III xalqaro davra suhbatida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mamlakat hukumati uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan «ortga qaytmas islohotlar»ga sodiq qolmoqda. 2025-yilda iqtisodiy o‘sish 7 foizdan yuqori bo‘lishi, YAIM hajmi 140 mlrd dollardan oshib, YAIM aholi jon boshiga 3700 dollarga yetishi kutilmoqda.

J.Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, bunday o‘sish sur’ati saqlansa, 2030-yil uchun mo‘ljallangan 200 mlrd dollarlik YIM ko‘rsatkichiga ancha oldin — ehtimol, 2026 yildayoq yetib boriladi. Maqsad — YAIMni aholi jon boshiga 5 ming dollargacha oshirish.

Vazirga ko‘ra, mamlakatda inflatsiya ham nazoratda saqlanmoqda. Sentabrda inflatsiya 8 foizga tushgan, yil yakunigacha 8 foizdan kamroq bo‘lishi kutilmoqda. 2026 yilda esa bu ko‘rsatkich 7 foizdan past bo‘lishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Qo‘chqorov O‘zbekistonning xalqaro moliya bozorlaridagi imiji mustahkamlanayotganini ta’kidladi. Fitch reytingi «BB-»dan «BB»ga oshirilgan, Moody’s va S&P esa prognoziga «ijobiy» baho bergan.

Avvalroq Milliy statistika qo‘mitasi 2024 yilgi YAIm qayta hisob-kitob qilingach 6,4 mlrd dollarga o‘sgani va 121 mlrd dollarni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston 2030-yilgacha o‘rtachadan yuqori daromadli davlatlar safiga kiradi | Vaqt.uz