Logo

O‘zbekiston sayohat xavfsizligi reytingida Avstraliya va Kanadani ortda qoldirdi

Bugun 18:551 daqiqa

«CEOWORLD» jurnali tuzgan 2027-yilgi sayohat xavfsizligi reytingida O‘zbekiston 198 mamlakat orasida 27-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

O‘zbekiston sayohat xavfsizligi reytingida Avstraliya va Kanadani ortda qoldirdi

O‘zbekiston «CEOWORLD» jurnalining 2027-yilgi sayohat xavfsizligi reytingida 198 ta davlat orasida 27-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyoda O‘zbekistonga eng yaqin natijani Qozog‘iston qayd etdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ballar farqi 4,16 ni tashkil etdi. Avstraliyadan 0,27 ball, Kanadadan esa 0,62 ball ko‘proq to‘pladi. Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya ham reytingda O‘zbekistondan quyi o‘rinlardan joy oldi.

Reyting qanday hisoblangan?

«CEOWORLD» mamlakatlar xavfsizligini bir nechta xalqaro ko‘rsatkich asosida baholagan. Reytingdagi umumiy ballning 35 foizi AQSH va Kanada hukumatlarining sayohatchilar uchun xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalariga, 30 foizi Global Peace Index ma’lumotlariga, 20 foizi Numbeo Safety Index ko‘rsatkichlariga, 15 foizi esa BMTning Jinoyatchilik va giyohvandlik bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga asoslangan.

Bunda qasddan odam o‘ldirish holatlari, qurolli mojarolar, harbiy xarajatlar, jinoyatchilik darajasi va aholining o‘zini xavfsiz his qilishi kabi omillar ham hisobga olingan.

rasm



Sayohat xavfsizligi reytingi mamlakatdagi umumiy tinchlik holatini to‘liq aks ettirmaydi. Masalan, 2026-yilgi Global Peace Index reytingida Kanada 14-o‘rinni, Avstraliya 20-o‘rinni, O‘zbekiston esa 37-o‘rinni egallagan.

Teglar

Mavzuga oid