add

O‘zbekistonda aholi mablag‘lari hisobidan investitsiyalar 26 trln so‘mga yetdi

Mamlakatda asosiy kapitalga aholi mablag‘lari hissasi qariyb 6 foizga oshdi. Eng yuqori investitsiyalar Toshkent viloyatida qayd etildi.

O‘zbekistonda aholi mablag‘lari hisobidan investitsiyalar 26 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar 26 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga oshgan. Bu mahalliy aholi ishtirokidagi qurilish, rekonstruksiya va biznes loyihalari hajmi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng yuqori investitsiya hajmi 3,4 trln so‘m bilan Toshkent viloyatida qayd etildi. Farg‘ona 1,8 trln so‘m, Namangan 2,424 trln so‘m va Buxoro viloyati 2,6 trln so‘mlik investitsiyalar bilan yuqori o‘rinlarni egalladi. Xorazm viloyatida aholi mablag‘lari hissasi 2,3 trln so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, Andijonda 1,9 trln so‘m, Toshkent shahrida 1,9 trln so‘m, Qashqadaryoda 1,8 trln so‘m, Surxondaryoda 1,8 trln so‘m va Navoiy viloyatida 1,7 trln so‘mlik investitsiyalar amalga oshirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi mablag‘lari asosida 1,2 trln so‘m, Samarqand viloyatida 1,3 trln so‘m, Jizzaxda 940 mlrd so‘m va Sirdaryo viloyatida 252 mlrd so‘mlik investitsiyalar qayd etildi. Sirdaryo eng past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 825,3 trln so‘mni tashkil etgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda aholi mablag‘lari hisobidan investitsiyalar 26 trln so‘mga yetdi | Vaqt.uz