Logo

O‘zbekistonda alifboni yangilash bo‘yicha qonun qabul qilindi

Bugun 12:401 daqiqa

Deputatlar loyihaning amaliyotda samarali va bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan qator takliflar berdi.

O‘zbekistonda alifboni yangilash bo‘yicha qonun qabul qilindi © Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

7-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi bilan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishi, shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasini muhokama qilish vaqtida deputatlar loyihaning amaliyotda samarali va bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlashga qaratilgan qator takliflar berdi. Xususan, qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinishi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlari hamda boshqa atributlardan belgilangan muddatgacha foydalanish tartibi nazarda tutildi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda alifboni yangilash bo‘yicha qonun qabul qilindi | Vaqt.uz