
O‘zbekistonda axborot va aloqa sohasida qariyb 6 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirildi
Axborot va aloqa sohasining umumiy investitsiyalardagi ulushi 3,3 foizni tashkil etgani ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2025 yilning to‘qqiz oyida axborot va aloqa sohasiga 5,9 trillion so‘m investitsiya jalb etildi. Bu umumiy sarmoyalar hajmining 3,3 foizini tashkil etdi.
Qayd etilishicha, sohaning umumiy investitsiyalar tizimidagi ulushi 3,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1,3 foiz qismi aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Yillar kesimida qaraydigan bo‘lsak, axborot va aloqa sohasidagi investitsiyalar hajmi oxirgi besh yilda o‘sib bormoqda. 2020 yilda bu ko‘rsatkich 3,7 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda 3 trln so‘mgacha tushgan. Shuningdek, 2022 yilda 4,8 trln so‘m, 2023 yilda 7,2 trln so‘m va 2024 yilda 7,4 trln so‘m investitsiya jalb qilingan.
Avvalroq 2025 yilning 9 oyida mamlakatda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 443,6 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, hududlar kesimida eng ko‘p investitsiya 71,8 trln so‘m bilan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.





