Logo

O‘zbekistonda quyosh va GESlarda elektr ishlab chiqarish 50 foizdan ko‘proq oshdi

Bugun 13:251 daqiqa

14-noyabr kuni mamlakatda 266,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Quyosh stansiyalarida o‘sish 50,3 foizni, GESlarda esa 65,9 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda quyosh va GESlarda elektr ishlab chiqarish 50 foizdan ko‘proq oshdi © uzbekenergo.uz

2026-yil 14-noyabr kuni O‘zbekistonda jami 266,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2025-yilning shu kuniga nisbatan 13,6 mln kVt·soat yoki 5,4 foizga ko‘p. O‘tgan yilning 14-noyabrida ushbu ko‘rsatkich 253,2 mln kVt·soatni tashkil etgan.

Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari (IES) hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular kun davomida 214,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Biroq bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga kam.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida esa o‘sish kuzatildi. Xususan:

●     Gidroelektr stansiyalari (GES) – 20,9 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 65,9 foizga ko‘p;

●     Quyosh elektr stansiyalari – 22,1 mln kVt·soat (+50,3 foiz);

●     Shamol elektr stansiyalari – 5,5 mln kVt·soat (+27,9 foiz);

●     Blok stansiyalar – 3,3 mln kVt·soat (+83,3 foiz);

●     Kichik quvvatli quyosh panellari – 0,3 mln kVt·soat (+50 foiz).

Avvalroq Vaqt.uz Toshkent IES yaqin kelajakda mazut yoqishdan voz kechishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Bunga 7-noyabr kuni ilk bor kuchlanish berilgan, quvvati 1 602 MVA bo‘lgan «Halqa» podstansiyasi ishga tushirilishi va poytaxtdagi elektr yuklamalarining qayta taqsimlanishi sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid