add

O‘zbekistonning qaysi hududlarida xorijiy korxonalar ko‘p joylashgan?

Bugun 13:574362 daqiqa

Mamlakatda hududlar kesimida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning katta qismi Toshkent shahri hamda Toshkent va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonning qaysi hududlarida xorijiy korxonalar ko‘p joylashgan?

2025 yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida jami 17 ming 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, eng katta ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda xorijiy sarmoya ishtirokidagi 11 ming 369 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Bu umumiy ko‘rsatkichning katta qismini tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati joylashgan bo‘lib, bu hududda 2 ming 330 ta xorijiy korxona ro‘yxatga olingan. Poytaxtga yaqinlik, logistika imkoniyatlari va sanoat zonalarining mavjudligi viloyatda investitsiya faolligini oshirmoqda.

Viloyatlar kesimida Samarqand viloyati 661 ta korxona bilan yetakchi o‘rinlarni saqlab turibdi. Undan keyin Farg‘ona viloyatida 609 ta, Surxondaryo viloyatida esa 492 ta xorijiy investitsiyali korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasidagi loyihalar ustunlik qilmoqda.

Andijon viloyatida 404 ta, Buxoro viloyatida 377 ta, Navoiy viloyatida 307 ta korxona mavjud. Sanoat va tabiiy resurslarga boy hududlar sifatida Navoiy va Buxoro viloyatlari investorlar e’tiborini saqlab qolmoqda.

Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar nisbatan pastroq. Sirdaryo viloyatida 270 ta, Namangan viloyatida 261 ta, Jizzax viloyatida 248 ta xorijiy korxona ro‘yxatga olingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 218 ta, Xorazm viloyatida 196 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 158 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil 1-dekabr holatida O‘zbekistonda qaysi sohalarda xorijiy korxonalar ko‘proq faoliyat yuritayotgani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid