add

Parallellar: AQSHdagi hokimlar saylovi va O‘zbekistondagi tayinlovlar — Fikr vaqti

Bugun 09:552511

Nyu York merligi uchun o‘tgan saylovlar nafaqat AQSHda, balki, o‘zbek mediaolamida ham katta qiziqish bilan kuzatib borildi. Siyosatshunos Rafael Sattorov bilan AQSH va O‘zbekistonning mahalliy hokimlik tizimlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini taqqosladik.

Parallellar: AQSHdagi hokimlar saylovi va O‘zbekistondagi tayinlovlar — Fikr vaqti

O‘zbekistonda biror tuman yo viloyat hokimi o‘zgararkan, u odamlar tomonidan shunchaki axborot sifatida qabul qilinadi. Sababi, mamlakatda hududlar hokimlari saylanmaydi, tayinlanadi. Ya’ni, jamiyat tayinlovlarni shunchaki qabul qilishi kerak, bunday o‘zgarishlarga daxldorlik darajasi past.

Lekin, masalan, AQSHdagi merlik, hatto gubernatorlikka saylovlar ham mamlakat, nafaqat mamlakat, balki, dunyoda ham juda katta qiziqish bilan kuzatiladi.

Jumladan, 4 noyabr kuni AQSHning eng yirik shahri — Nyu York merligi uchun o‘tgan saylovlar nafaqat AQSHda, balki, o‘zbek mediaolamida ham katta qiziqish bilan kuzatib borildi. Ushbu saylovda g‘alaba qozongan 34 yoshli Zohran Mamdaniy tarixdagi shaharning saylangan ilk musulmon va eng yosh hokimi ham bo‘ldi.

Xo‘sh, bunday e’tibor, odamlardagi dahldorlik faqat saylovlardanmi yoki boshqa sabablar ham bormi? AQSH va O‘zbekistondagi hokimlar, ularning vakolatlari o‘rtasida qanday farq va o‘xshashliklar bor, O‘zbekiston shu kunlarda hokimlar sayloviga o‘tganda ham nega hech narsa o‘zgarmaydi?

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida AQSHda istiqomat qiluvchi siyosatshunos Rafael Sattorov bilan ikki mamlakat hokimlik tizimlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rtasida parallellar o‘tkazib ko‘rdik.

Dastur davomida shuningdek, AQSH va Venesuela munosabatlari, ikki tomon o‘rtasidagi ehtimoliy urush oqibatlari masalasini tahlil qildik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 5

Barchasi

Mavzuga oid

Parallellar: AQSHdagi hokimlar saylovi va O‘zbekistondagi tayinlovlar — Fikr vaqti | Vaqt.uz