Paynet Crypto kripto-xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?

Bugun 11:551 daqiqa

«PAYNET CRYPTO» O‘zbekistondagi yetakchi fintech-platforma Paynetning sho‘ba korxonasi bo‘lib, kompaniya «UZPAYNET» MCHJning to‘liq sho‘ba tashkiloti hisoblanadi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi reyestriga ko‘ra, Paynet Crypto hozirda mamlakatda kripto-depozitariy va kripto-do‘kon litsenziyalariga ega faol provayderlardan biri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Paynet Crypto kripto-xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?

Stat.uz dagi ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 16.05.2023 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Korxona ustav fondi 8 mlrd 539 mln 450 ming so‘mni tashkil qiladi. Korxonaning 100 foiz ulushi «Paynet» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli hisoblanib, korxona rahbari sifatida Mo‘minov Aziz Akmelovich ko‘rsatilgan.

Paynet haqida

Paynet to‘lov xizmati 2005 yilda Botir Arifjonov tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik tadbirkor «turli bosimlar sababli» korxonani davlat vakili sifatidagi Xalq bankiga sotib, uning boshqaruvini tark etgan. Yillar davomida kompaniya O‘zbekistondagi eng yirik to‘lov operatoriga aylandi. Platforma orqali 1500 dan ortiq xizmat ko‘rsatuvchilarga to‘lovlar amalga oshiriladi, oylik faol foydalanuvchilar soni esa 20 milliondan oshadi. 2025 yilning yanvarida kompaniya yangi yirik qadam tashladi: Paynet Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan o‘tkazilgan uch bosqichli tanlov natijasida HUMO milliy to‘lov tizimini 65 million dollar evaziga xususiylashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Kripto bo‘yicha nima gaplar?

2025 yilda Paynet o‘zining eng yirik transformatsiyasini amalga oshirgan. Kompaniya «Paynet 2.0» tashabbusini amalga oshirib, uning doirasida bir vaqtning o‘zida 5 ta zamonaviy moliyaviy va investitsiyaviy mahsulotni taqdim etdi: investitsion oltin, rasmiy kriptovaluta xizmati, bankomatsiz naqd pul yechish, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati.

Paynet kripto-hamyonida siz USDT, BTC, ETH, TON, SOL, XRP, BNB, LTC, Tether GOLD kabi kripto-aktivlarni xarid qilishingiz, sotishingiz, jo‘natishingiz mumkin.

Teglar

Mavzuga oid