Prezident yil oxirigacha 1800 ta avtobus xaridini moliyalashtirishni topshirdi

Bugun 16:571 daqiqa

Hududlarda jamoat transporti tizimini yaxshilash maqsadida 600 ta avtobus va 400 ta elektrobus xarid qilinishi kutilmoqda.

Prezident yil oxirigacha 1800 ta avtobus xaridini moliyalashtirishni topshirdi © Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni hududlarda jamoat transporti tizimini yanada yaxshilash va bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishganidan so‘ng, mutasaddilarga joriy yil oxirigacha 1800 ta harakat tarkibini xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Prezidentimiz bizga alohida topshiriq berdilar, ya’ni 2026-yil oxirigacha 1800 ta harakat tarkibini xarid qilish maqsadida tadbirkorlarga alohida bank kreditlarini olish uchun resurs ajratish, qisqa muddatga zarur imtiyozlarni berish bo‘yicha. Bu jamoat transporti yo‘nalishidagi islohotlarning yakuniy natijasiga erishishga imkoniyat yaratadi», – deydi vazir.


100 mln dollar kredit

O‘zmilliybank raisining birinchi o‘rinbosari Sardorbek Usmonbekov esa prezident yangi imtiyozli shartlarda kredit liniyalarini jalb qilish va tadbirkorlarga yangi avtobuslar sotib olish uchun mablag‘ yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bank allaqachon Xitoyning bir qator banklari bilan kelishuvlarga ega.

2026-yilda bank 1000 ga yaqin avtobus yetkazib berish uchun jami 100 mln dollar miqdorida kredit ajratishni rejalashtirmoqda, shundan 600 tasi gaz dvigatelli, 400 tasi esa elektrobuslar bo‘ladi. Bundan tashqari, hokimliklar va Transport vazirligi bilan birgalikda kredit portfelini shakllantirish va ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid