Qirg‘izistonda Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi

Bugun 15:401 daqiqa

Islom dinidagi asosiy bayramlardan biri bo‘lgan Qurbon hayiti sanasi oy kalendariga ko‘ra belgilanadi va har yili o‘zgarib turadi.

Qirg‘izistonda Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi © 24.kg

2026-yilda Qirg‘izistonda Qurbon hayit bayrami 27-may kuni nishonlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi ma’lum qildi.

Islom dinidagi asosiy bayramlardan biri bo‘lgan Qurbon hayit sanasi oy kalendariga ko‘ra belgilanadi va har yili o‘zgarib turadi. Qurbon hayit haj amalining yakunlanishini ifodalaydi hamda qurbonlik qilish va xayriya kabi an’anaviy marosimlar bilan birga o‘tadi.

Ushbu kun odatda rasmiy dam olish kuni sifatida e’lon qilinadi.

Ramazon hayiti

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlangandi. O‘zbekistonda ham shu sana Ramazon hayiti kuni bo‘ldi. O‘zbekistonda Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 20−23-mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 3 kun, ya’ni 20−22-mart sanalarida dam oldi.

Qurbon hayitida dam olish kunlari bo‘yicha hali qaror e’lon qilinmadi.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘izistonda Qurbon hayiti qachon nishonlanishi ma’lum bo‘ldi | Vaqt.uz