Logo

Qurilish ishlarining qariyb uchdan biri norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Kecha 18:551 daqiqa

2026 yilning dastlabki to‘rt oyida norasmiy sektor tomonidan 23,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu umumiy hajmning 27,5 foizini tashkil etgan.

Qurilish ishlarining qariyb uchdan biri norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda © vaqt.uz

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda norasmiy sektor tomonidan 23,2 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga oshgan.

Hisobotga ko‘ra, qurilish ishlarining eng katta qismi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ular tomonidan 39,6 trln so‘mlik ishlar bajarilgan bo‘lib, bu umumiy hajmning 46,9 foizini tashkil etadi.

Norasmiy sektor ulushi 27,5 foizga teng bo‘lib, 23,2 trln so‘mlik qurilish ishlarini qamrab olgan.
Yirik qurilish tashkilotlari esa 21,6 trln so‘mlik ishlar bajarib, bozorning 25,6 foizini shakllantirgan.
Shunday qilib, mamlakatda bajarilgan har to‘rt so‘mlik qurilish ishining qariyb biri norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq, qurilish sohasida shikoyatlar soni 2026-yilning dastlabki 3 oyidayoq mingtaga yaqinlashgani haqida xabar bergan edik. Taqqoslash uchun 2025-yil davomida ushbu ko‘rsatkich 1706 tani tashkil qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid