add

Sanksiyalar ostida qolgan «Lukoil»: Kompaniya xalqaro aktivlarini sotmoqchi

28.10.2025 | 11:306332

AQSH va YI joriy etgan cheklovlar ortidan «Lukoil» o‘zining xorijdagi aktivlarini sotish niyatida ekanini rasman e’lon qildi. Kompaniya potensial xaridorlardan takliflarni qabul qilmoqda.

Sanksiyalar ostida qolgan «Lukoil»: Kompaniya xalqaro aktivlarini sotmoqchi

Rossiyaning yirik neft kompaniyasi «Lukoil» xalqaro aktivlarini sotish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganini ma’lum qildi. Kompaniya bayonotida aytilishicha, ayrim davlatlar joriy etgan cheklov choralari tufayli mazkur qaror qabul qilingan. Bu haqda RIA NOVOSTI xabar berdi.

«Ba’zi davlatlar kompaniyaga va uning sho‘’ba korxonalariga nisbatan sanksiyalar joriy etgani sababli, «Lukoil» o‘zining xalqaro aktivlarini sotish niyatida. Potensial xaridorlardan kelgan takliflar ko‘rib chiqilmoqda», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Shuningdek, kompaniya aktivlar savdosi AQSH Moliya vazirligining (OFAC) kompaniya faoliyatini bosqichma-bosqich tugatishga ruxsat beruvchi litsenziyasi doirasida amalga oshirilishini ma’lum qilgan. Zarur hollarda kompaniya xalqaro aktivlarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun ushbu litsenziyani uzaytirish bo‘yicha murojaat qilishi ham aytib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, AQSH Moliya vazirligi 22 oktyabr kuni «Lukoil» va uning 50 foizdan ortiq ulushiga ega bo‘lgan sho‘’ba kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar joriy etgan.

Yevropa Ittifoqi ham 23 oktyabrdagi 19-paket sanksiyalar doirasida kompaniyaning Dubayda joylashgan «Litasco Middle East DMCC» bo‘linmasiga nisbatan cheklovlar joriy etgan edi.

«Lukoil» Ruminiya va Bolgariyada ikkita neftni qayta ishlash zavodiga, Iroqdagi «G‘arbiy Kurna–2» loyihasining 75 foiz ulushiga hamda Afrikadagi qator aktivlarga egalik qiladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning ta’kidlashicha, yangi sanksiyalar «kontrproduktiv signal» bo‘lib, Ukrainadagi mojaroni hal etishga yordam bermaydi. Vazirlik bu cheklovlar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini, mamlakat bu kabi restriksiyalarga nisbatan «mustahkam immunitet» hosil qilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya neft gigantlari «Lukoyl» va «Rosneft» aksiyalari yangi AQSH sanksiyalari ortidan 4 foizgacha pasaygani havida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid